
"Barselona" xavbeki uchun "Liverpul" yaxshigina summa taklif qildi
"Barselona" yarim himoyachisi Frank Kessi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, ivuarlik xavbekka "Liverpul" klubi qiziqish bildirmoqda. "Qizillar" 26 yoshli futbolchi uchun 35 million evro sarflashga tayyor.
Uning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar amal qiladi. Kessi joriy mavsum "Barselona" safida jami 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol hamda 3 ta assist muallifiga aylangan.
U "Barselona"ga o‘tgan yili yozda "Milan"dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi.
Fikrlar