
"Barselona" Xavi nomzodini rad etdi
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten o‘z lavozimida ishlashni davom ettiradi.
As nashrining xabariga ko‘ra, Seten "ko‘kanorranglilar"ni keyingi mavsumda ham shug‘ullantiradi.
Kataloniya klubi jamoaning sobiq sardori va Qatarning "Al Sadd" klubining bosh murabbiyi Xavi hamda Gollandiya terma jamoasi ustozi Ronald Kuman nomzodlarini rad etgan. 57 yoshli mutaxassisning nomzodi rad etilishi Evropa chempionati 2021 yilga qoldirilgani bilan bog‘liq.
Seten va "Barsa" o‘rtasidagi kelishuv 2022 yilgacha amal qiladi, ammo shartnoma shartlariga ko‘ra, 2021 yilning iyunida jamoaga yangi prezident saylanadi va ushbu prezident bitimni bekor qilishi mumkin bo‘ladi.
Hozirgi vaziyatda esa, jamoa sovrin yutmagan taqdirda ham Seten kataloniyaliklar ustozi bo‘lib qoladi. Albatta, klub rahbariyati uning boshqaruvi ostida jamoa o‘yin sifati yaxshilanishini kutmoqda.
Fikrlar