“Barselona” yana futbolchi bilan xayrlashadigan bo‘ldi

  • 1 yanvar, 2024, 20:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” mavsum yakunlanishi bilan tarkibda o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Klub mutasaddilari jamoani tark etadigan o‘yinchilar ro‘yxatiga markaziy himoyachi Erik Garsiyani ham kiritdi.

Bu futbolchi “Manchester Siti”dagi faoliyatidan keyin 2021 yili Kataloniyaga erkin agent sifatida kelgan edi.

Erik Garsiya Xavi Ernandes jamoasining asosiy tarkibiga kira olmadi. O‘tgan yoz kataloniyaliklar 22 yoshli himoyachini “Jirona”ga ijaraga berib yubordi.

Garsiya yangi jamoasida yaxshi o‘ynayapti. Kataloniyaliklar mavsum oxiriga qadar uning 15 million evrolik transfer narzi ko‘tarilishini kutyapti.

Kelasi yozda esa, “Barselona” mutasaddilari uni qimmatroq narxda boshqa klubga to‘liq transfer qilishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!