
"Barselona" yangi prezident saylovini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi
"Barselona" klubiga yangi prezident saylovi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi.
Saylovlar 2021 yilning 20 va 21 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Saylovlar turli joylarda bo‘ladi. Shuningdek, pochta orqali ham ovoz berish mumkin.
Jamoaning ashaddiy muxlislari yaxshi bilishadi-ki, Kataloniya klubining amaldagi prezidenti Jozep Bartomeu prezidentlik uchun o‘z nomzodini qo‘yolmaydi. Chunki, u ushbu lavozimda ketma-ket ikkinchi muddat egallab kelmoqda.
Fikrlar