
"Barselona" yarim himoyachisi kelasi hafta jamoani tark etishi kutilyapti
"Barselona" yarim himoyachisi Frank Kessening kelajagi yaqin kunlarda hal bo‘lishi kutilyapti.
Ma’lum bo‘lishicha, u ushbu yozda eng birinchilardan bo‘lib "Barselona"ni tark etadi. Kesseni "Yuventus" o‘z tarkibiga qo‘shib olish ustida jiddiy ish olib borayotgandi, ammo uning Premer-liga klublaridan biriga o‘tish ehtimoli yuqoriligi aytilmoqda.
Qayd etish lozim, "Barsa" uning transferidan 35 million evro atrofida pul ishlab topishi kutilyapti.
Fikrlar