"Barselona" yozda 190 mln evroga futbolchi sotishi kerak

  • 15 may, 2019, 22:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmaslik uchun yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida 190 million evro qiymatidagi futbolchilar sotuvini amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi.

Ta’kidlash kerakki, “ko‘k-anor ranglilar” mavsumlar oralig‘ida "Ayaks"dan Frenki de Yongni sotib oladi. Shuningdek, amsterdamliklar himoyachisi Matteys de Ligt va "Atletiko" forvardi Antuan Grizmannlarni ham sotib olish rejalashtirilgan. Ushbu transferlar esa jamoaga umumiy miqdorda 265 million evroga tushadi.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu mablag‘ “Barselona” uchun muammo bo‘lmaydi, biroq, UEFAning moliyaviy feyr-pley qoyidasini buzmaslik uchun va bu boradagi muvozanatni ushlab turish uchun 190 mln evro qiymatidagi futbolchilar sotuvini amalga oshirishi shart.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq kataloniyaliklar braziliyalik vingeri Filippe Koutinoni sotmoqchiliklari haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning narxi esa 100 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!