
"Barselona" yozda "Ayaks"dan zo‘r futbolchi oladi
“Barselona” jamoasi rahbaryati "Ayaks" himoyachisi Nussair Mazrauiga yiliga 3,5 million evro maoshli shartnoma taklif qilmoqda. Bu haqda Info Blaugrana xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Serjino Dest va Serxi Roberto o‘rniga aynan 24 yoshli marokashlik futbolchini munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Aytish kerakki, Mazraui shu yoz erkin agentga aylanadi va shu sababli Kataloniya klubiga tekinga o‘tishi mumkin.
Nussair Mazraui joriy mavsum Niderlandiya chempionatida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar