"Barselona" yozda "Real"ning sobiq himoyachisini sotib olmoqchi

  • 8 aprel, 2020, 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi himoyachisi Teo Ernandes "Barselona"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” 22 yoshli frantsiyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida 40 million evro evaziga sotib olishga tayyor. U “Barsa” safida Jordi Albaga munosib o‘rinbosar bo‘lishi mumkin deb hisoblanmoqda. Ernandesga shuningdek, "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, Teo “Milan” safiga 2019 yil 20 mln evro evaziga “Real” Madriddan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “rossonerilar” safida jami 25 ta o‘yinda ishtirok etdi va 6 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!