
"Barselona" yulduzi faoliyatini Saudiyada davom ettirish variantini ko‘rib chiqmoqda
Frenki de Yong faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
"Barselona" yarim himoyachisining agenti Ali Dursun Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tish variantlari bilan tanishdi. Aloqalar mamlakatdagi kundalik hayotga oid savollar bilan cheklandi.
Katalorniyaliklar 27 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor. Biroq hozir amal qilayotgan shartlar bo‘yicha emas. Joriy mavsumda niderlandiyalik futbolchi soliqlar to‘langanidan keyin taxminan 9 million evro oladi. Shuningdek, de Yong mavsumning 60 foiz uchrashuvlarda to‘p tepsa, yana ikki million sodiqlik bonusini qo‘lga kiritadi.
"Barsa" Frenki 2026 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomasini uzaytirmasa, u bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas.
Fikrlar