
"Barselona" "Yuventus"ning asosiy futbolchilaridan birini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
Tyc Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli braziliyalik futbolchini “Barselona” klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ta’kidlash kerakki, ushbu transfer kataloniyaliklarga 60 million evroga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Bentankur o‘tgan mavsum A Seriyada 31ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar