"Barselona"da ishi yurishmagan futbolchiga Italiyadan xaridor chiqdi

  • 17.05.2018 22:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ga o‘tgach ishlari yurishmayotgan yarim himoyachi Andre Gomesh faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Corriere dello Sport tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik futbolchini "Napoli" klubi o‘z safida ko‘rmoqchi. Qayd etish lozimki, Gomeshning transferini shaxsan jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarri istamoqda va bu uning jamoada qolishi uchun rahbariyatga qo‘yayotgan asosiy talablardan biri.

O‘z navbatida “Barselona” ham Gomeshni ushlab turmoqchi emas va uni yozda transferga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!