“Barselona”da o‘zini ko‘rsatolmagan yulduz boshqa superklubdan chorlov oldi
Lionel Messi bilan birga o‘ynash ilinjida “yuventus”dan “Barselona”ga o‘tishga rozi bo‘lgan Miralem Pyanich Kataloniya klubida yorqin o‘yin ko‘rsata olmadi.
Bosniyalik peymeyker yozda o‘ziga boshqa jamoa topishi kerak bo‘ladi. Shunga qaramay, unga xaridorlar etarlicha. Xususan, PSJ va “Chelsi” Pyanichni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi.
Endi bu jamoalar qatoriga “Bavariya” ham qo‘shildi. Myunxenliklar Miralem Pyanich maydon markazini kuchaytirishi va golli hujumlarni tashkil qilishiga ishonch bildiryapti.
31 yoshli futbolchi joriy mavsumda atigi 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi xolos. Uning kataloniyaliklar bilan hamkorligi 2024 yilning yozigacha rasmiylashtirilgan. Miralemning transfer summasi 28 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar