"Barselona"dagilar Pyanichdan norozi bo‘lyapti

  • 20.10.2020 11:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona"dagilar bosniyalik yarim himoyachi Miralem Pyanichning jismoniy holatidan norozi bo‘lmoqda.

Diario Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, murabbiylar ta’til paytida Miralem o‘z ustida etarli ishlamagan uchun ham unga chidamlilik etishmayapti, deb hisoblaydi. Shunga qaramasdan, ular Pyanichning “Real”ga qarshi o‘yingacha to‘liq tiklanishiga ishonmoqda.

Pyanich “Barselona” safiga yozda 60 mln evro evaziga “Yuventus”dan kelib qo‘shilgan edi. U hozircha “ko‘k-anor ranglilar” safida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!