
“Barselona”dan bir juft transfer kutishyapti
Yangi mavsumda chempionlikni qaytarib olish uchun kurashishi kutilayotgan “Barselona” yozda bir necha transferlarni amalga oshirishi kerak.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, kataloniyaliklar ikki transferga yaqin turibdi. Manbaga ko‘ra, “Barselona” mutasaddilari “Zenit”dan Markus Vendel va “Atletik”dan Niko Uilyamsni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Ispan nashrlari kataloniyaliklar har ikki transferga qodir ekanini yozmoqda. Xususan, Vendelni olish uchun 20 million evro kifoya qiladi.
Niko Uilyams uchun esa, 60 million evro atrofida xarajat qilishga to‘g‘ri keladi.
“Barselona” yangi mavsumda “Real” va boshqa kuchli klublarga munosib qarshilik ko‘rsatishi uchun tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishi lozim.
Fikrlar