Malkom Rossiyada e’tirof etildi

  • 30.03.2020 23:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik hujumchi Malkom “Zenit”ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, 23 yoshli futbolchi bu oy piterliklar safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 t gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Malkom “Zenit” safiga 2019 yilning yozida “Barselona”dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!