"Barselona"ga "Al-Hilol" futbolchisi kerak

  • 18 noyabr, 16:04
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Al-Hilol" qanot himoyachisi Joau Kanseluni ortga qaytarmoqchi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik futbolchining o‘zi Evropaning to‘p chempionatlariga qaytishni istayotgani haqida gapirgan edi. Manbaga ko‘ra, "Barselona" sobiq futbolchisini ortga qaytarish haqida o‘ylamoqda. Yaqin orada "ko‘k-anorranglilar" vakillari va futbolchining agenti o‘rtasida muzokaralar boshlanadi. Kanseluning Riyod klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. "Transfermarkt" portali himoyachini 15 million evroga baholagan.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli fulbek 2023/2024 yilgi mavsumda "Barselona" safida to‘r tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!