"Barselona"ga berilmagan penaltiga munosabat bildirildi

  • 11 may, 21:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 35-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real Madrid" uchrashuvida "ko‘k-anorranglilar" 4:3 hisobida raqibidan ustun keldi. 

O‘yinning 80-daqiqasida Ferranning zarbasidan so‘ng to‘p Chuamenining qo‘liga tegdi. Ushbu epizodda bosh hakam Ernandes Ernandes Kataloniya klubi foydasiga penalti belgilamadi. VARdan so‘ng ham bosh hakamning qarori o‘zgarmadi. 

Bahsli vaziyatlarni tahlil qilib boruvchi "Archivo VAR" ushbu vaziyatga quyidagicha izoh berdi: 

"Chuameni qo‘lini cho‘zgan holda, uni olib tashlashga urinmay, Ferranning aniq zarbasini to‘xtatdi. VAR epizodni ko‘rib chiqqaniga qaramay, qarorni o‘zgartirmadi". 



 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!