“Barselona”ga kerak futbolchi raqib tarkibida o‘ynayapti

  • 13.06.2021 11:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” yoshi katta futbolchilar o‘rniga iste’dodli yosh o‘yinchilarni topishga harakat qilmoqda. Xususan, kataloniyaliklar Jordi Alba o‘rniga ishonchli o‘yin namoyish qiladigan himoyachi qidiryapti.

Ayni paytda murabbiylar shtabiga “Valensiya” vakili Xose Gayyaning o‘yini ma’qul kelmoqda. Bu futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida ham chap qanotda muvaffaqiyatli o‘ynab kelmoqda.  

“Valensiya” bu himoyachining transferini 35 millionga baholanmoqda.

Xose Gayya yakunlangan mavsumda primerada 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!