"Barselona"ga qarshi uchrashuv oldidan "Napoli"da jiddiy yo‘qotish

  • 2 avgust, 2020, 02:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina yakuniga etgan "Napoli" - "Latsio" uchrashuvi yakuni arafasida "Napoli" hujumchisi Lorentso Insine jarohat olib, maydondan chiqib ketdi. Futbolchining maydonni ko‘z yoshlari bilan tark etganiga qaraganda, vaziyat juda jiddiy.

Futbolchining holati haqidagi ma’lumotlar tibbiy tekshiruvlardan so‘ng, rasman ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Gattuzo shogirdlari 8 avgustdan 9 avgustga o‘tar kechasi "Kamp Nou"da "Barselona" mehmoni bo‘ladi. Ushbu bahs EChL nimchorak finali javob bellashuvi maqomida bo‘lib, Neapoldagi o‘yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!