"Barselona"ning 2 nafar himoyachisi A Seriya klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 8 may, 2020, 09:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" yozgi transferlar davrida "Barselona"ning 2 nafar himoyachisi Xunior Firpo va Jan-Kler Todiboni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “bo‘rilar” vakillari allaqachon ushbu futbolchilarning transferi bo‘yicha kataloniyaliklar bilan aloqaga chiqishgan. “Ko‘k-anor ranglilar” esa ushbu himoyachilarini har birini 25 million evrodan, ya’ni 50 million evroga baholamoqda.

Firpo joriy mavsum 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Todibo esa mavsumni “Shalke” safida ijarada o‘tkazmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!