
"Barselona"ning asosiy futbolchilaridan biri "Tottenxem"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Serxi Roberto "Tottenxem"ga bo‘lib o‘tadigan qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur bahsini o‘tkazib yubordi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik futbolchi La Liganing o‘tgan turida “Atletik”ka (1:1) qarshi bahsida sonidan jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” – “Barselona” o‘yini 3 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar