"Barselona"ning ikki futbolchisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijalar esa...

  • 27 sentabr, 2022, 09:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya terma jamoasi safida jarohat olgan “Barselona”ning ikki futbolchisi - Memfis Depay va Frenki de Yong 26 sentyabr kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Bugungi testlar ikkalasining jarohati jiddiyroq ekanligini ko‘rsatdi. De Yongda chap sonning yarim tendon mushagida sinish, Depayga esa chap sonning mushaklari jarohati tashxisi qo‘yilgan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Memfis Chempionlar ligasida "Inter"ga (4 va 12 oktyabr) va La Ligada "Malorka" (1 oktyabr), "Selta" (9 oktyabr) va "Real"ga (16 oktyabr) qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. De Yong esa faqatgina "Malorka"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin, biroq "Inter"ga qarshi uchrashuvgacha safga qaytish ehtimoli bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!