
"Barselona"ning muhim futbolchisi keyingi bahsni o‘tkazib yuboradi
Voytsex Shensni finaldagi qizil kartochkasi sababli "Barselona"ning keyingi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi intizomiy kodeksiga ko‘ra, Ispaniya Superkubogidagi diskvalifikatsiyalar jamoaning ichki turnirlardagi keyingi o‘yinlariga ham ta’sir qiladi.
"Barselona" darvozaboni Ispaniya Superkubogi finalida "Real Madrid"ga qarshi o‘yinning 54-daqiqasida Kilian Mbappega nisbatan qoidabuzarligi uchun maydondan chetlatildi. Bosh hakam Xesus Xil Mansano videotakrorni ko‘rgach, darvozabonga qizil kartochka ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona"ning keyingi o‘yini - Ispaniya kubogi 1/8 finali doirasida "Betis"ga qarshi bo‘lib o‘tadi. O‘yin 15 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar