"Barselona"ning Shesni borasidagi rejasi qanday?

  • 19 mart, 02:52
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Barselona" darvozabon Voytsex Shesnining o‘yinlaridan mamnun. Kataloniya klubi allaqachon polshalik bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda.

Shesnining shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.  34 yoshli keperning o‘zi ham "Barselona"da qolmoqchi. Bosh murabbiy Xans-Diter Flik ham uni tarkibda saqlab qolmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning kuzida "ko‘k-anorranglilar" Mark-Andre ter Shtegenning og‘ir jarohati tufayli Voytsexni zudlik bilan o‘z safiga qo‘shib olgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!