"Barselona"ning sobiq hujumchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

  • 26 yanvar, 2020, 18:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Nyukasl" klubi "Borussiya" Dortmund hujumchisi Pako Alkaserni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qarg‘alar” 26 yoshli futbolchini keyinchalik 25 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqi bilan yarim yilga ijaraga olishmoqchi. Aytish kerakki Alkaserga shuningdek “Valensiya” ham qiziqmoqda. “Ko‘rshapalaklar” uni “Barselona”ga o‘tishi kutilayotgan hujumchi Rodrigo Moreno o‘rniga munosib ko‘rishmoqda.

Ma’lumot uchun, Pako Alkaser joriy mavsum “Borussiya” Dortmund safida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!