"Barselona"ning sobiq hujumchisi faoliyatini Braziliyada davom ettiradi

  • 23 iyul, 2024, 09:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Martin Breytueyt faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettiradi. Daniyalik futbolchi "Gremio" klubiga ko‘chib o‘tadi.

Tecno

Klub matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 33 yoshli futbolchi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun Portu-Alegridan klub joylashgan joyga etib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Martin Breytueyt yaqinda "Espanol" safini tark etgan edi. U 2020 yil boshida 18 mln evro evaziga “Leganes”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan. Martin Breytueyt "Espanyol" tarkibida 2022 yildan buyon 78 ta o‘yinda 32 ta gol urgan, "Barselona" safida esa 58 ta o‘yinda 10 ta gol urgan. «Gremio» Braziliya A Seriyasida 16 turdan keyin 14 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!