Bartomeu Messini mensimayapti

  • 29 avgust, 2020, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Bartomeu va jamoa etakchisi Lionel Messi o‘rtasidagi kelishmovchilik tobora kuchayib bormoqda. Bunga ko‘p jihatdan Bartomeu sabab bo‘lmoqda.

Tecno

Lionel Messi vaziyatni mojarosiz hal qilish va tinchgina ketish maqsadida klub rahbariyatini uchrashuvga taklif qilgan edi. Biroq taklif qilinmadi va rad javobi berildi.

Bartomeu Messi bilan uchrashmoqchi emas. To‘g‘rirog‘i, argentinalik hujumchi qabul qilmaydigan shart qo‘ymoqda.  Uning qaroriga ko‘ra, klub rahbariyati Messi bilan faqatgina amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha uchrashishi mumkin. Ketish masalasini ko‘rib ham chiqmaydi.

“Barselona” rahbariyati Messining klubdan ketish yo‘li bitta, ya’ni unga 700 million evro miqdorida tovon puli to‘lansa amalga oshishini va boshqa variantlarni tan olmasligini namoyish qilmoqda.  

Bundan tashqari, Bartomeu bu vaziyat bo‘yicha muxlislar fikrini inobatga olmasligini bildirdi. U nima ish qilgan taqdirda ham tanqidlar ostida ekanini ta’kidlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!