Bartomeu Pikeni Evropada o‘ynay olmaydigan qilib qo‘ydi

  • 27 oktabr, 2020, 23:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning tajribali futbolchisi Jerar Pike maoshining teng yarmiga qisqarishiga rozilik berib, klub bilan 2024 yilning yozigacha davom etadigan yanagi bitim imzolagan edi.

Endi ushbu shartnomaning ayrim bandlari omma e’tiboriga havola etmoqda. Xususan, Jerar Pike istagan vaqtda klubni tark etishi mumkin. Biroq u shartnoma yakunlanmagunicha Evropa mamlakatlari milliy chempionatlarida o‘ynay olmaydi. Pike faqat AQShga borib, MLS jamoalariga qo‘shilishi mumkin.

Shuningdek, agar Pike 2021-2022 yilgi mavsumda 35 foizdan kam o‘yinlarda qatnashadigan bo‘lsa, kataloniyaliklar shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Pike “Barselona”da 2008 yildan buyon to‘p tepmoqda. U jami 549 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 47 ta gol urgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!