
Bartomeu Setenning kelajagi, Xavining jamoa boshqaruviga kelishi va Messi bilan munosabatlari haqida fikrlarini bildirdi
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Kike Setenga ishonishini, hujumchi Lionel Messi bilan munosabatlari va Xavining jamoa boshqaruviga kelishi haqida berilgan savollarga javob berdi.
– Xavi yangi mavsumda jamoa boshqaruviga keladimi?
– Xavi bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. U bilan ko‘p mavzularda suhbatlashib turamiz. Ammo Seten bilan shartnomamiz bor, unga va uning jamoasiga ishonaman. U "Barselona"ning o‘yin modeli va uslubini juda yaxshi biladi.
Seten psixologik tomondan katta tajribaga ega mutaxassis, o‘zini tanqid qila olishi esa fikrlarimni tasdiqlaydi. U chempionlar ligasida g‘olib bo‘la olishi mumkin, shundan so‘ng u yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuboradi.
– Seten va Messi bir soatdan ko‘proq suhbatlashdi. Ular o‘rtasidagi muammolar shunchalik ko‘pmi?
– Buni ularning o‘zidan so‘rang. Ular uchrashgani rost, biroq uchrashuv yakuni haqida na Seten, na Messi meni xabardor qildi.
– Lekin shuncha uzoq gaplashgani yaxshimi yoki yomon?
– Bu ajoyib. Murabbiylar futbolchilari bilan muloqot qilishi, fikr almashishi, mulohaza yuritishi kerak. Bu jamoa birlashuvi uchun kerak. Yana Messi jamoa sardori va u butun jamoa fikrlarini ifodalaydi, - deydi "Barselona" prezidenti.
Fikrlar