Bartomeuning hibsga olinish tafsilotlari ma’lum

  • 1 mart, 2021, 20:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Buyuk Britaniyaning "Goal.com" nashri "Cadena SER"ga tayangan holda, "Barselona" sobiq prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning hibsga olinish sabablarini ma’lum qildi. Manbaning ta’kidlashicha, u "BarcaGate" loyihasini amalga oshirish jarayonida noqonuniy harakatlarni amalga oshirgan. 

Tecno

"I3" kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalarga ko‘ra, Bartomeu obro‘si sun’iy ravishda oshirilishi kerak bo‘lgan. Ushbu maqsad yo‘lida klub ichki tizimiga oid ma’lumotlar, shuningdek, jamoa etakchilari Leo Messi, Xerar Pike va sobiq futbolchi Xavi Ernandesning shaxsiy ma’lumotlari noqonuniy tarzda oshkor qilingan. 

Bundan tashqari, Bartomeu ushbu kompaniyaga klub hisobidan kattta miqdorda pul to‘lab bergan.

Tergov jarayonlari davom etmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!