
“Bavariya” Alaba o‘rniga “Real” futbolchisini oladi
“Bavariya” yozda klubni tark etishi kutilayotgan universal himoyachi David Alaba o‘rniga futbolchi topib qo‘ydi.
Myunxenliklar “Real” safida o‘z o‘rnini topa olmayotgan Eder Militaoni olishni rejalashtirmoqda.
Braziliyalik himoyachi “Qirollik klubi”ga 2019 yili 50 million evroga olib kelingan va u bilan 2025 yilning yozigacha shartnoma tuzilgan edi. Joriy mavsumda Militao atigi uchta uchrashuvda qatnashib, samarali natija qayd etgani yo‘q.
Transfermarkt portali bu o‘yinchining transferini 30 million evroga baholamoqda.
Fikrlar