
"Bavariya" APLda to‘p tepayotgan PSJ tarbiyalanuvchisini ijaraga olmoqchi
Kristofer Nkunku "Chelsi"dan "Bavariya"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Myunxen klubi 27 yoshli o‘yinchining transferi bo‘yicha londonliklar bilan muzokaralarni boshladi. Futbolchining o‘zi "Bavariya" safiga qo‘shilish istagini bildirgan. "Chelsi" Kristoferni sotishni istayapti, "Bavariya" esa futbolchini ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Tomonlar o‘rtasida hali kelishuvga erishilmagan, ammo myunxenliklar sport direktori Maks Eberl muzokaralarga jiddiy yondashayotgani ta’kidlanmoqda.
Ma’lumot uchun, Nkunku PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 2023 yil "Chelsi"ga "RB Leyptsig" safidagi 4 yillik faoliyatidan so‘ng kelib qo‘shilgan.
Fikrlar