"Bavariya" "Arsenal" vingeriga ham qiziqishni boshladi

  • 15 iyul, 00:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi "Arsenal" yarim himoyachisi Leandro Trossardni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda "Bild" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, bu variant "Liverpul" vingeri Luis Diasning transferi amalga oshmay qolsa, o‘rniga ko‘rib chiqilayotgan ehtimoliy bitim sifatida qayd etilgan. Avvalroq, germaniyaliklar kolumbiyalik futbolchi uchun 52 million evro taklif qilishgandi.

Shu bilan birga, Trossardning "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirish borasida ikkilanib qolgani aytilmoqda. Sabab – "Bavariya" va yana bir qator etakchi jamoalarning qiziqishi. Qolaversa, futbolchi o‘z agentini almashtirgan – endi uning manfaatlarini nemis mutasaddisi Dirk Xebel himoya qiladi.

2023/24 yilgi mavsumda Trossard Angliya Premer-ligasida 38 o‘yinda 8 ta gol va 7 ta golli uzatma bilan faoliyat yuritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!