"Bavariya" "Barselona" futbolchisiga ko‘z tikdi
"Bavariya" "Barselona" himoyachisi Serjino Dest atrofidagi voqealarni diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda "Sport.es" nashri xabar tarqatji.
Futbolchi mavsum so‘nggida kataloniyaliklar safini tark etadi. Dest murabbiy Xavining rejalariga kirmayapti.
"Bavariya" 21 yoshli amerikalik fullbekni yozda xarid qilishga tayyor. "Transfermarkt" portali Serjinoni 18 million evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum himoyachi 23ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta golga hammualliflik qilgan.

Fikrlar