"Bavariya" bu futbolchidan umid uzmagan
Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn transfer oynasi yopilgan bo‘lsa-da, "Bavariya"ning qiziqishlari doirasida qolmoqda. Jurnalist Kristian Falkning xabar berishicha, Myunxen klubi Keyn "Tottenxem" bilan yangi shartnoma imzolamasligiga umid qilmoqda.
Bu holatda "Bavariya" futbolchini keyingi yozda qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ladi.
Xarri Keynninsh “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Agar shartnoma uzaytirilmasa, London klubi tanlashga to‘g‘ri keladi - yo o‘z etakchisini sotish, yoki erkin agent sifatida uni qo‘ldan chiqarish. Shu bois, “Bavariya” hozirda vaziyatni kuzatib turibdi.



Fikrlar