"Bavariya" etakchisi yangi mavsumni "Liverpul"da boshlashi mumkin

  • 28 iyun, 2021, 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi "Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Komanni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, mersisaydliklar vakillari allaqachon frantsiyalik futbolchining agenti bilan og‘zaki muzokaralarni boshlagan. Ammo Komanni sotib olish unchalik oson bo‘lmasligi aniq. Chunki "Bavariya" uning transferini 80-90 million evroga baholamoqda. Bundan tashqari Komanni jamoaning yangi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann tarkibda saqlab qolishni xohlamoqda.

25 yoshli Koman o‘tgan mavsum "Bavariya" safida 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 15 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!