“Bavariya” faqat o‘zi yangilay oladigan rekord o‘rnatdi
“Bavariya” Chempionlar ligasi chorak finalida “Barselona” darvozasiga sakkizta to‘p kiritib, mavsumdagi jami gollari sonini 155 taga etkazib oldi.
Bu klubning yangi rekordi bo‘ldi va hali oldinda yarim final bor va jamoa unda g‘olib chiqsa yana bitta uchrashuv o‘tkazish imkoni bo‘ladi. Demak, bu rekord yana yangilanish ehtimoli katta.
“Bavariya”ning avvalgi rekordi 1972-1973 yilgi mavsumda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda nemis grandi futbolchilari barcha turnirlarda raqiblar darvozasini 152 marta ishg‘ol qilgan edi.

Fikrlar