
"Bavariya" futbolchisi "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Kingsli Koman kecha "Tottenxem"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi va 5 daqiqa o‘tar-o‘tmas jarohat olib maydonni tark etdi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra frantsiyalik futbolchining jarohati tizzasi bilan bog‘liq. Jarohatning qay darajada jiddiy ekanligi esa bugun o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Koman o‘tgan mavsum myunxenliklar safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” kechagi o‘yinda penaltilar seriyasida “Tottenxem”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar