"Bavariya" futbolchisini "Roma"ga ijaraga bermaydi! Myunxen klubi nega bunday qilayotgani ham ma’lum

  • 10 iyul, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" mavsumlar oralig‘idagi transfer oynasida "Bavariya" yarim himoyachisi Marsel Zabittserni ijaraga olmoqchi.

Tecno

La Repubblica nashrining xabar berishicha, "bo‘rilar" 29 yoshli avstriyalik futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olish bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Ammo bunday shartlar "Bavariya"ga to‘g‘ri kelmaydi, chunki myunxenliklar Marselni to‘liq transfer qilidan manfaatdor. Xabar qilinishicha, bunday holatda sotib olish optsiyasi majburiy holga kelishi mumkin.

Zabittser o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini “Manchester Yunayted”da o‘tkazdi va u barcha musobaqalarda 19 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!