“Bavariya” gol urishda katta rekord o‘rnatdi
Myunxenning “Bavariya” jamoasi Bundesligada bir mavsumda urilgan gollar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi, deb xabar beradi ESPN nashri.
Myunxenliklar “Sankt-Pauli” maydonida o‘tgan uchrashuvda raqib ustidan 5:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda “Bavariya”ning ikkinchi goli yangi rekord sifatida qayd etildi.
Leon Goretskaning aniq zarbasi klubning joriy mavsumdagi 102-goli bo‘ldi va bu ko‘rsatkich alohida yozib qo‘yildi.
Bungacha “Bavariya” tarixidagi eng sermahsul mavsum 1972 yilda kuzatilgan edi. O‘shanda myunxenliklar raqiblar darvozasiga 101 ta to‘p kiritgan. Goretskaning tarixiy golidan keyin “Bavariya” futbolchilari raqib darvozasiga yana uch marta to‘p kiritdi va mavsumdagi gollari sonini 105 taga yetkazdi.
Chempionat yakunlanishiga yana besh tur qolgan va myunxenliklar natijani yanada yaxshilash imkoniyatiga ega.
Jamoa boshqa Yevropa top ligalari rekordlariga ham yaqinlashishi mumkin. Hozircha “Bavariya”dan oldinda faqat uchta jamoa bor. “Manchester Siti” 2017-2018 yildgi mavsumda raqiblar darvozasini 106 marotaba ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “Real Madrid” 2011-2012 yildgi chempionatda o‘z hisobiga 121 gol yozdirgan.
Yevropaning beshta yetakchi chempionati orasidagi mutlaq rekord “Torino”ga tegishli. Italiya jamoasi 1947-1948 yildgi mavsumda jami125 ta gol urgan.

Fikrlar