"Bavariya" ham PSJ yulduzi uchun kurashga qo‘shildi

  • 12 avgust, 21:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma "Bavariya"ning transfer ro‘yxatiga kirdi.

Tecno

Avvalroq parijliklar uni UEFA Superkubogi uchrashuviga chaqirmagani va yozda sotishi mumkinligi ma’lum qilingan edi. Jurnalist Alfredo Pedullaning ma’lumotiga ko‘ra, Myunxenliklar italiyalik posbon haqidagi ma’lumotlarni yanvardan beri to‘plab kelmoqda. Kutilganidek, 2025/26 yilgi mavsum Manuel Noyer uchun oxirgisi bo‘lishi mumkin.

Donnarummani qo‘lga kiritish uchun esa "Manchester Siti" ham da’vogar sifatida qayd etilgan. Ilgariroq "Chelsi" va "Manchester Yunayted"ning qiziqishi haqida xabarlar tarqalgan, ammo hozircha bu ma’lumotlar tasdiqlanmagan.

Italiya klublari esa faqat bepul transferga umid qila oladi, bu esa bu holatda deyarli imkonsiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!