"Bavariya" Harri Keyn o‘rniga hech kim kutmagan hujumchini tanladi
«Manchester Yunayted» hujumchisi Benyamin Sheshko kelgusida «Bavariya»da Harri Keynning o‘rnini bosishi mumkinligi aytilmoqda.
Myunxen klubi 23 yoshli sloveniyalik forvardni ingliz to‘purari uchun uzoq muddatli o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida Transfer News Live nashri jurnalist Kristian Falkka tayanib xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Bavariya» Sheshkoga 2024 yilning o‘zidayoq qiziqish bildirgan va shundan beri futbolchi Germaniyaning eng sovrindor jamoasi skautlari diqqat markazida qolmoqda.
«Manchester Yunayted» Benyamin Sheshkoni o‘tgan yil yozgi transfer oynasidan oldin «RB Leyptsig»dan 76,5 million yevro evaziga sotib olgan edi. Uning Angliyadagi ilk mavsumida sloveniyalik hujumchi 32 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va bir marta golli uzatma berdi. Shu tariqa u manchesterliklar safida debut mavsumini munosib ko‘rsatkichlar bilan yakunladi.

Fikrlar