"Bavariya" Kostani noma’lum muddatga yo‘qotdi

  • 16 fevral, 2021, 12:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya"ning hujumkor yarim himoyachisi Duglas Kosta kecha "Arminiya"ga (3:3) qarshi o‘yindan oldin jarohat oldi.

Tecno

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchida metatarsal suyagi yorilib ketgan. Futbolchi mashg‘ulotlar paytida jarohatlangan. Hozircha uning qachon safga qaytishi noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Duglas nemis grandi safida ijara asosida to‘p surmoqda. Futbolchining transfer huquqi Turinning "Yuventus" klubiga tegishli.

Duglas Kosta joriy mavsum Bundesligada 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!