
“Bavariya” kutilmaganda jahon chempionini tanladi
“Bavariya” yozgi transferlar vaqtida markaziy hujumchi olishga harakat qilmoqda. Hozircha, myunxenliklar o‘zlari ko‘zlagan o‘yinchini qo‘lga kirita olgani yo‘q.
“Tottenxem” Bundesliga chempionini Harri Keyn bo‘yicha bir necha taklifini qanoatlantirmadi. Myunxenliklar o‘rtaga qo‘ygan mablag‘ “shporlar”ga to‘g‘ri kelmadi.
SportBild nashrining yozishicha, “Bavariya” ikkinchi nomzodga o‘tdi. Ular “Manchester Siti”dan argentinalik Xulian Alvaresni olib kelmoqchi.
Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan Alvares ichki raqobatda Erling Xolandga yutqazib qo‘ymoqda. Shu bois, 23 yoshli hujumchi faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga qarshi emas.
“Bavariya” Alvaresni bir mavsumga ijaraga olishni mo‘ljallayapti.
Fikrlar