"Bavariya" Levandovski o‘rniga APL yulduzini olib keladi

  • 10 iyul, 2022, 20:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" jamoasi ketishi tobora oydinlashib borayotgan Robert Levandovski o‘rniga munosib nomzod topdi. Klub to‘purar polyak o‘rniga "Tottenxem"dan Xarri Keynni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

"Kicker" nashrining xabariga ko‘ra, myunxenliklarning Keynni bu yozda xarid qilish imkoniyati juda past. Kelasi mavsum oxirida jamoa bu transferni amalga oshirishga urinib ko‘radi. 

Xarrining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi. U ayni paytda "Tottenxem"dan ketishni istamayapti. 

Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli ingliz o‘tgan mavsum APLning 37 o‘yinida 17 gol va 9 assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!