"Bavariya" Musialani qo‘ldan chiqarmoqchi emas

  • 17 mart, 2024, 17:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" va Jamal Musiala shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara olib boradi. 

Myunxen klubi 21 yoshli yarim himoyachi uchun yangi shartnoma bo‘yicha taklif tayyorlamoqda, deya xabar berdi Fabritsio Romano. Muzokaralar yaqin oylarda bo‘lib o‘tadi. 

Yangi kelishuvga ko‘ra, Myunxen klubi Jamalning maoshini ham oshiradi. Futbolchi bilan amaldagi bitim 2026 yilda yakuniga etadi. Ayni vaqtda unga ko‘plab top klublar qiziqish bildirmoqda. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!