"Bavariya" muxlislari uchun noxush xabar
Mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazayotgan “Barselona” yarim himoyachisi Filippe Koutino jarohati sabab yana 6 haftani o‘tkazib yuborishi mumkin.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 27 yoshli braziliyalik futbolchi hamon o‘ng to‘pig‘idan olgan jarohatidan davolanishni davom ettirmoqda. Endi u Bundesliga tiklangan taqdirda ham mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Koutino joriy mavsum “Bavariya” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar