"Bavariya" muxlislariga zo‘r yangilikni etkazdi

  • 05.10.2021 19:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" o‘z muxlislarini xursand qildi. Endi jamoaning uy uchrashuvlari o‘tkaziladigan “Alyants Arena” o‘z bag‘riga to‘liq hajmda muxlislarni qabul qilishi mumkin. Bu qaror Vazirlar Mahkamasining dushanba kungi yig‘ilishida qabul qilindi.

"Bavariya" Bundesliganing navbatdagi uy uchrashuvini 23 oktyabr kuni "Xoffenxaym"ga qarshi o‘tkazadi. Myunxendagi stadion 75 ming tomoshabinni sig‘dira oladi. O‘yingohga faqat koronavirus bilan kasallangan, emlangan yoki qo‘lida yangi (48 soatdan ko‘p bo‘lmagan) PTsR testi bo‘lgan odamlar kirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, ortda qolgan 7 turdan so‘ng "Bavariya" 16 ochko bilan Bundesliga musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!