
"Bavariya" MYu etakchisini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtiryapti
"Bavariya" klubi "Manchester Yunayted" futbolchisi Bruno Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda taniqli "The Independent" nashri xabar berdi.
Angliyaliklar rahbariyati ham yarim himoyachini qoniqarli summa evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Sababi, klub moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilish uchun bir qancha futbolchilarni sotishi kerak. Agar Fernandesh Myunxenga kelsa, bu Tomas Tuxelning "Bavariya"da qolishiga ham ta’sir qilishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Bruno joriy mavsum Premer-ligada 33 o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 7 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar