
"Bavariya" Myuller bilan kelishib oldi
Tomas Myuller “Bavariya” bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib oldi. Bu haqda "SportBild" nashri xabar berdi. Futbolchining yangi mehnat shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuziladi. Bu hafta transfer rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda.
Myuller butun faoliyatini "Bavariya"da o‘tkazdi. 34 yoshli hujumchi myunxenliklar safida 684 ta rasmiy o‘yinda 237 ta gol urgan va sheriklariga 261 ta golli uzatma bergan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda "qizillar" Germaniya Bundesligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar